Yosh shaxmatchilarimizning g‘alabalari
O‘zbekistonlik shaxmatchilar Nodirbek Yoqubboyev va Gulruhbegim Tohirjonova yigirma yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining oltin medaliga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekistonlik shaxmatchilar Nodirbek Yoqubboyev va Gulruhbegim Tohirjonova yigirma yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining oltin medaliga sazovor bo‘ldi.Qirg‘izistonning Bishkek shahrida o‘tkazilayotgan chempionatning blits – tezkor shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarida sportchilarimiz shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Musobaqada N.Yoqubboyev mezbonlardan Masqad Akunov, Ruslan Sezdbekov, Chingiz Isayev, Melis Mamatov, hindistonlik Reddi Chakravarti, Bxaratxakoti Xarsha, eronlik Ma’sud Musodehpur va Nima Javanbaxt ustidan g‘alaba qozonib, to‘qqiz imkoniyatdan sakkiz ochko jamg‘ardi.
G.Tohirjonova qirg‘izistonlik Dariya Li, Shahnoz Musayeva, Alisa Oljobay qizi, Diana Omurbekova, eronlik Anusha Mahdian, qozog‘istonlik Kristina Kim, hindistonlik Mariya Furtado Ivana va xitoylik Ray Liaoni mag‘lubiyatga uchratib, hindistonlik Dxaria Parnali bilan durang natija qayd etdi va 8,5 ochko jamg‘argan holda birinchi o‘rinni egalladi.
Osiyo chempionati davom etmoqda.