Yosh qilichbozlar o‘rtasida kuchlilar aniqlanmoqda
Poytaxtimizda qilichbozlikning shpaga, rapira, sablya turlari bo‘yicha 2008-2009 va 2010-2012 yillarda tug‘ilgan sportchilar o‘rtasida mamlakat birinchiligi o‘tkazilmoqda.
Musobaqaning ilk kunida shpaga yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. 12 yoshli shpagachilar o‘rtasida Saidbilol Alimov oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 10 yosh toifasida Kallibek Qurbonboyev va Evilina Solomatina shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Mazkur musobaqani o‘tkazishdan maqsad bolalar va o‘smirlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish va bu orqali kelgusida mahoratli sportchi bo‘lib kamol topishlari uchun zamin yaratishdir.
Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA