Yosh polvonlarimizning g‘alabalari
Hindistonda erkin, yunon-rum va xotin-qizlar kurashi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida yosh polvonlarimiz munosib ishtirok etib, ikkita oltin, to‘rtta kumush va yettita bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Yunon-rum kurashi bo‘yicha 69 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvlarda Abubakr Alimov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo chempioni bo‘ldi. O‘z vazn toifasida Mahmud Baxshullayev kumush, Dostonbek Tursunboyev va To‘rabek Tirkashev bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Xotin-qizlar kurashi bo‘yicha bahslar ham sportchilarimiz uchun omadli bo‘ldi. Vazni 60 kilogrammgacha bo‘lgan qizlar bahsida qatnashgan Nabira Yesenboyeva shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Hamyurtlarimizdan Shahodat Jo‘lliboyeva 56 kilogramm vazn toifasida ikkinchi, Aqtenge Keo‘nimjoyeva vazni 46 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida uchinchi o‘rinni egalladi.
Erkin kurash bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlarda Abbos Rahmonov va Rustambek Jo‘rayev kumush, Hasanboy Rahimov, Bunyod Tojiboyev, Islom Ilhomov va G‘ulom Abdullayev bronza medal bilan taqdirlandi.