Yosh para shaxmatchilar dona surdi
Poytaxt mahallalarida istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida sportning para shaxmat turi bo‘yicha "Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i kubogi" bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada jismoniy imkoniyati cheklangan 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qiz bolalar bellashdi. Musobaqada 100 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi.


Mazkur shaxmat musobaqasi mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida kitobxonlik, madaniyat va san’at, intellektual o‘yinlar, axborot texnologiyalari hamda sport turlari bo‘yicha tashkil etilayotgan besh bosqichli «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida o‘tkazildi.

Bellashuv so‘ngida g‘olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA