Yosh mutaxassislar bandligi ta’minlanadi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani agroiqtisodiyot kasb-hunar kollejida tikuv va tikuv-trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish texnik-texnologi, fermer xo‘jaligi mutaxassisi, komputer va komputer tizimlarini sozlash-ta’mirlash texnigi kabi o‘nga yaqin yo‘nalishlarda 500 dan ortiq yoshlar tahsil olmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani agroiqtisodiyot kasb-hunar kollejida tikuv va tikuv-trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish texnik-texnologi, fermer xo‘jaligi mutaxassisi, komputer va komputer tizimlarini sozlash-ta’mirlash texnigi kabi o‘nga yaqin yo‘nalishlarda 500 dan ortiq yoshlar tahsil olmoqda.Kollejda o‘quvchilarning o‘z tanlagan kasbini puxta o‘zlashtirishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Shu bilan birga, bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan 20 ga yaqin to‘garak yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishiga xizmat qilmoqda.
Kollej direktorining kasbga yo‘naltirish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Yerkeboy Shimbergenovning ta’kidlashicha, joriy yilda ta’lim dargohini 214 nafar yigit-qiz bitirmoqda. Ularning bandligini ta’minlash maqsadida hududdagi 90 ga yaqin korxona, tashkilot va xususiy sektor subyektlari bilan shartnomalar tuzilgan.