Yosh musiqachilarimiz muvaffaqiyati
27 sentyabrdan 4 oktabrgacha Boku shahrida o‘tkazilgan yosh mumtoz musiqachilar tanlovida o‘zbekistonlik yoshlar ishtirok etib, munosib o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.
Madaniyat vazirligi axborot xizmatiga ko‘ra, Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘quvchisi Asadbek Ismoilov faxrli birinchi o‘ringa munosib topildi.
Toshkent shahar 22-son Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Samir Ayupov 2-o‘ringa loyiq topildi.
Toshkent shahar 22-son Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Artemiy Juk , 16-son Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Anna Mirzayeva hamda V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi o‘quvchisi Anna Velilayeva maxsus diplom bilan taqdirlandi.
O‘zbekistonlik yosh musiqachilar 8 ta davlat ichida yuqori natijalarni qayd etdi.
O‘zA