Yosh merganlar musobaqasi
Buxoroda O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tizimida shug‘ullanuvchi o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida pnevmatik o‘q otish bo‘yicha mamlakat birinchiligi bo‘lib o‘tdi.
Buxoroda O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tizimida shug‘ullanuvchi o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida pnevmatik o‘q otish bo‘yicha mamlakat birinchiligi bo‘lib o‘tdi.Yoshlar o‘rtasida sportning texnik va amaliy turlarini ommalashtirish, navqiron avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, voyaga yetmaganlarning boshlang‘ich sport ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qilayotgan mazkur musobaqada mamlakatimizning turli hududlaridan 80 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Pnevmatik miltiq va to‘pponchadan o‘q otish bo‘yicha o‘z yosh guruhida Andijon viloyatidan Saidxon Sayfiddinov, Georgiy Vabanovskiy, Yuliya Kondrashova, Samarqand viloyatidan Rufat Girfanov, Sitora Ergashboyeva, Toshkent viloyati vakili Suhrob Mirzajonov, Surxondaryo viloyatidan Natalya Slastyon, Namangan viloyatidan Komila Ishoqova g‘olib bo‘ldi.
G‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.