Yosh konchilar til bayramini munosib nishonlamoqda
FOTOREPORTAJ
21 oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida keng nishonlanmoqda. 8,5 ming nafarga yaqin talaba tahsil olayotgan mazkur oliygohda ushbu sana munosabati bilan talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida yurtimizning taniqli shoir va yozuvchilari bilan adabiy uchrashuvlar, “Ona tili — millat ruhi” mavzusida ma’naviyat darslari o‘tkazilmoqda.
[gallery-9211]
Asosan konchilik sohasi mutaxassislari tayyorlanayotgan oliy ta’lim muassasasida talabalarning savodxonligini oshirish maqsadida turli bellashuvlar tashkil etish yaxshi an’anaga aylangan. Darhaqiqat, bugungi internet asrida yosh avlodda milliy tilga nisbatan hurmat hissini paydo qilish, ona tili musaffoligini asrash o‘ta dolzarb masala sanaladi. Ayni shu talabdan kelib chiqib universitetda o‘quv yili davomida til masalasi yuzasidan amalga oshirilayotgan loyiha va tashabbuslar yosh konchilarda kasb layoqati bilan birga til borasida ham chuqur bilim olishiga puxta zamin yaratmoqda.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA