“Yosh kitobxon” tanlovining asosiy shartlari soddalashtirildi
Ayni kunlarda respublikamiz bo‘ylab “Yosh kitobxon” tanlovi uchun arizalar qabul qilinmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2018 yil 12 maydagi “Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori hamda 5 muhim tashabbus ijrosi doirasida tashkil etilgan mazkur tanlov 2017 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazib kelinadi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/MhXbf3K2kxg" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>Tanlov yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularni qitob o‘qishga qiziqtirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilmoqda. Unda 10 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan mamlakatimizning barcha yoshlari ishtirok etishlari mumkin.
“Yosh kitobxon” tanlovini o‘tkazish tartibi hamda yaratilayotgan qo‘shimcha imkoniyatlar xususida Yoshlar ishlari agentligi mas’ul xodimi Qandil Boboqulov bilan suhbatlashdik.
Gulnoza Boboyeva, Yoqubjon Meliboyev (video), O‘zA