«Yosh kitobxon oila» tanlovi o‘tkaziladi
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan mazkur tanlov 30 yoshgacha bo‘lgan yosh oilalar uchun belgilangan.
Tanlovdan maqsad yosh oilalarning intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, kitobxonlikni mamlakatimiz bo‘ylab ko‘nikmaga aylantirish, joylarda adabiy muhit yaratishdan iborat.
Agentlik axborot xizmatining ma’lum qilishicha, tanlovda ishtirok etish istagidagi oilalar joriy yilning 30 mayiga qadar @kitobxonoila_bot telegram manzili orqali ariza yuborishlari mumkin.
Tanlovda g‘olib bo‘lgan yosh oila Prezident sovg‘asi – “Spark” avtomashinasi bilan taqdirlanadi.
Gulnoza BOBOEVA, O‘zA