"Yosh kitobxon oila” g‘oliblari taqdirlandi
Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan “Yosh kitobxon oila” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi.
Tanlovning taqdirlash marosimida birin-ketin ishtirokchilar sahnaga taklif etildi. Birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Niyozmatovlar oilasi “Spark” avtomabiliga, ikkinchi o‘rinni egallagan Toshkent shahri vakillari– Beshimovlar oilasi 50 million so‘m hamda kuchli uchlikni yakunlab bergan Qashqadaryo viloyati vakillari– Qodirovlar oilasi 50 million so‘m pul mukofotiga sazovor bo‘lishdi.


Shuningdek, qolgan ishtirokchilar 10 million so‘m miqdoridagi pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan har bir oila kutubxonasini boyitish maqsadida 50 donadan kitoblar to‘plami tuhfa qilindi.


Yoshlar ishlari agentligi va hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan bunday tadbir yosh oilalar, qolaversa, barcha kitob ixlosmandlarning qalbida yorqin iz qoldirishiga shubha yo‘q.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA