Yosh hunarmandlar festivali
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanidagi “Shodlik” istirohat bog‘ida “Yosh hunarmandlar” festivali bo‘lib o‘tdi.
Tuman prokurori Islombek Xo‘jamurodov tashabbusi bilan tuman Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda 50 ga yaqin hunarmand qo‘l mehnati namunalari bilan qatnashdi.
[gallery-9441]
Festival milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san’atini rivojlantirish, xalqimizning boy madaniyati, merosi va tarixiy an’analarini to‘liq saqlab qolish, band bo‘lmagan aholini, ayniqsa, yoshlar, ayollar va kam ta’minlangan oilalarni hunarmandchilikka keng jalb etish orqali ularni ish bilan bandligini ta’minlash maqsadiga qaratilgan.
To‘quvchilik, gilamdo‘zlik, milliy kashtachilik, gulchilik, o‘ymakorlik kabi hunarmandchilik mahsulotlari hakamlar tomonidan odilona baholandi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA