Yosh gimnastikachilar turniri
Poytaxtimizdagi “Kamolot” sport majmuasida “Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz” shiori ostida badiiy gimnastika bo‘yicha «Kamolot kubogi» respublika ochiq turniri o‘tkazildi.
Poytaxtimizdagi “Kamolot” sport majmuasida “Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz” shiori ostida badiiy gimnastika bo‘yicha «Kamolot kubogi» respublika ochiq turniri o‘tkazildi.Mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirish, yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishini ta’minlash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Musobaqa “Kamolot” YoIH Toshkent shahar kengashi tomonidan shahar madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda mamlakatimizning turli hududlaridan 5 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan yuzdan ziyod badiiy gimnastikachi qatnashdi.
Mo‘tabar Boboxo‘jayeva, Rohatoy Shodiyeva, Jasmin Abdurahmonova, Madina Ergashalieva, Guliza Mahkamova, Yelizaveta Goroshko, Kamola Qobilbekova, Shahrizoda Xalilova, Omina Ahmadjonova o‘z yosh toifasida g‘oliblar qatoridan joy oldi.
– To‘rt yildan buyon badiiy gimnastika bilan shug‘ullanaman, – deydi Kamola Qobilbekova. – Turnirda halqada mashq bajarish bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdim. Bu kabi musobaqalar yangi marralar sari intilishga undaydi.