Yosh gimnastikachi qizlar
Nukus shahridagi 2-ko‘p tarmoqli bolalar va o‘smirlar sport maktabida badiiy gimnastika, voleybol, shotokan karate-do, futbol, kurash, yengil va og‘ir atletika kabi o‘ndan ziyod sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan.
Nukus shahridagi 2-ko‘p tarmoqli bolalar va o‘smirlar sport maktabida badiiy gimnastika, voleybol, shotokan karate-do, futbol, kurash, yengil va og‘ir atletika kabi o‘ndan ziyod sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan.O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi, sport ustasi Nigora Polvonova rahbarligidagi badiiy gimnastika seksiyasida 100 ga yaqin qiz nafis sport turi bo‘yicha mahorat oshirmoqda. Dilnur Ostanqulova, Mehribon G‘aybullayeva, Shohsanam Janaboyeva, Iroda Rajabova, Dilafruz Soliyeva singari yosh sportchilar mamlakat miqyosidagi musobaqalarda yaxshi natijalarga erishmoqda.