Yosh dzyudochilar Buxoroda saralandi
Buxoroda Bolalar va o‘smirlar sport maktablari o‘rtasida dzyudo O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
U13 va U15 yosh toifasidagi dzyudochilar o‘rtasida tashkil etilgan mamlakat birinchiligida yurtimizning barcha hududidan va Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan Bolalar va o‘smirlar sport maktablarining iqtidorli dzyudochilari bir nechta vazn toifasida o‘zaro bahs olib bordi.

O‘zbekiston chempionatining 13 yoshli polvonlar bahsida mezbonlar umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Kuchli uchlikdan esa Samarqand va Qashqadaryo BO‘SM jamoalari joy oldi.
U15 yosh toifasidagi bellashuvlarda O‘zbekiston chempionatida Navoiy viloyati jamoasi shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egallagan bo‘lsa, Xorazm viloyati jamoasi ikkinchi, Samarqand viloyati yosh dzyudochilari esa uchinchi o‘rinni egalladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA