Yosh charm qo‘lqop ustalari bahsi
Poytaxtimizda boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimizda boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda mamlakatimiz boks federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada yuzdan ziyod yosh bokschi ringga chiqdi.
Andijonlik Asadbek Abduqodirov, Javlon Yo‘ldoshev, buxorolik Halimbek Utegenov, toshkentlik Temur Merjonov, Iqbol Murodov, San’at Xudoyberganov, Jahongir Rahmonov, Toshkent viloyatidan Abdumalik Xoliqov, Temur Sa’dullaev, Navo Tamazov, Asad Shodiboyev, farg‘onalik Asadillo Sharipov, jizzaxlik Samandar Xolmurodov o‘z vazn toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.