Yosh bokschilarimiz Kustanoyda zafar quchishdi
Qozog‘istonning Kustanoy shahrida boks bo‘yicha 2003-2004 yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston sportchilari 1 tadan oltin va kumush, 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlatlarining 18 ta boks jamoasidan 250 nafarga yaqin yosh bokschi ishtirok etgan turnirda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Diyor O‘rolov 86 kilogramm og‘irlikda 1-o‘rinni, Rivojiddin Yo‘ldoshev 60 kg. vaznda 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Ahmadjon Qo‘ziboyev, Husan Turdaliyev, Samandar Solijonov va Sardor Rahmonberdiyev o‘z vaznida 3-o‘rin sohiblari bo‘lishdi.
Xalqaro turnir janglarini boshqarib borgan o‘zbekistonlik hakam Maruf Urdushev musobaqaning eng yaxshi referelari qatorida e’tirof etildi.
To‘lqin Ro‘ziyev