“Yopiq bozor”ning ochiq eshiklari
Hamkorlarimiz sahifalarida
Bir yil ichida Istanbuldagi tarixiy “Yopiq bozor”iga salkam 40 million kishi tashrif buyurdi, deb xabar berdi “Anadolu” agentligi.
Istanbuldagi eng katta va eng qadimiy yopiq bozorlardan biri. O‘zining ulug‘vorligi va boy savdo maydonchalari bilan xorijlik millionlab sayohatchilarning e’tiborini tortib kelmoqda. 2022 yilda 39 million 766 ming 801 kishi savdo-sotiq uchun bozorga keldi, bu esa bir yil avvalgiga nisbatan 14 milliondan biroz oshiqni tashkil qiladi.
Boshqacha aytganda, o‘tgan yil bozor savdosiga kuniga o‘rtacha yuz ming kishi kelgan.
Bozorda har qanday didga mos – zargarlik buyumlaridan tortib kiyim-kechak, gilamdan tortib, turli mayda mahsulotlar xaridi tashkil qilingan.
Bozor boshqaruvi raisi Fotix Kurtulmushning ma’lum qilishicha, o‘tgan yili restavratsiya ishlari amalga oshirilgan. 2 ming 500 ta ish o‘rni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bozor hududida, yana 1 ming ikki yuztasi majmua tarkibiga kiruvchi “mehmonxonalar”da joylashgan.
Tarixiy me’moriy obida 1460 yilda Sulton Mexmed II davrida qurilgan bo‘lib, Usmoniylar saltanatining “iqtisodiyot yuragi” hisoblangan.
Muharrama Pirmatova, O‘zA