Yo‘ling ravon bo‘lsa... Urganch xalqaro aeroporti va Xiva yo‘nalishida elektropoyezd qatnaydi (+video)
Prezident tashrifidan so‘ng...
“Yo‘ling ravon bo‘lsa, mushkuling oson bo‘ladi”, deydi dono xalqimiz. Urganch xalqaro aeroporti yaqinida elektropoyezd bekati tashkil etildi va bu bekat bir kunda 2 mingga yaqin aholi va sayyohlarni Xiva shahriga olib boradi. Bir yilda olti yuz ellik mingdan ziyod sayyoh mazkur elektropoyezd orqali Xiva shahriga yo‘l olishi mumkin. O‘n bir kilometrni tashkil etuvchi ushbu liniyada elektropoyezd soatiga 160 kilometr tezlikda harakatlanish imkoniyatiga ega.
Davlatimiz rahbari Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida mazkur bekatda ham bo‘lib, aholi va sayyohlar uchun yaratilgan sharoitlar, elektropoyezd imkoniyatlari bilan tanishgan edi.
– Urganch–Xiva yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilgan mazkur elektropoyezdlar xalqimiz uchun munosib imkoniyatlarni yaratadi, – dedi “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi raisi Zufar Narzullayev. – Loyiha doirasida uchta elektrichka, Jaloliddin Manguberdi nomidagi oltita yuqori tezlikda yuradigan va Xitoydan tezyurar poyezdlar olib kelinishida Davlatimiz rahbarining tashabbusi yuqori.
Prezident Urganch xalqaro aeroporti va Xiva temir yo‘l vokzalini bog‘lovchi yo‘nalishda harakatlanuvchi yangi trolleybuslarni ham ko‘zdan kechirdi.
Davomi quyidagi videoda…
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ZEEPsndmnAQ" title="Urganch xalqaro aeroporti va Xiva yo‘nalishida elektropoyezd qatnaydi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Abdulaziz RUSTAMOV,
Yoqubjon MELIBOEV (video), O‘zA