Yo‘l o‘tkazgich yangi qiyofa kasb etadi
Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlarini bog‘lovchi yo‘l o‘tkazgichda ayni kunlarda ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. 1976 yilda qurilgan, uzunligi 165 metr, eni piyodalar yo‘lagi bilan jami 24 metr bo‘lgan ushbu yo‘l o‘tkazgichda hozirga qadar ta’mirlash ishlari bajarilmagan edi.
Yo‘l o‘tkazgichni oraliq qurilmalari (balkalari) va chetki to‘siqlari, yoritish ustunlari yaroqsiz holatga kelganligi sababli Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 29 apreldagi yig‘ilish bayoniga asosan Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlarini bog‘lovchi 4R-140a “Farg‘ona shahriga” avtomobil yo‘lining 5 kilometrdagi yo‘l o‘tkazgichni to‘la ta’mirlash ob’ekti 2022 yil ta’mirlash ishlari dasturiga kiritilgan.

To‘la ta’mirlash ishlari davomida yo‘l o‘tkazgich ustki gidro himoyasi, ustki qoplamasi, chetki to‘siqlar, yoritish ustunlari yangilanishi, yo‘l o‘tkazgichda 3 ta 33 metrli va 28 ta 24 metrli jami 32 ta oraliq qurilmalar (balkalar) yangisiga almashtirilishi ko‘zda tutilgan.
bugungi kunda ko‘prikda pudratchi Farg‘ona ko‘priklardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bu yerdagi ta’mirlash jarayonini borib ko‘rdi, bajarilayotgan ishlar sifatini doimiy nazorat qilish hamda ob’ektni 1 noyabrga qadar foydalanishga topshirilishini ta’minlash bo‘yicha viloyat avtomobil yo‘llari hududiy boshqarmasiga ko‘rsatma berildi.
M. Sulaymonov, O‘zA