Yilning eng samarali tadbiri aniqlandi
OʻzA soʻrovnomalariga koʻra, “World Influencers Congress” I Xalqaro influyenserlar kongressi – yilning eng samarali tadbiri sifatida eʼtirof etildi.
“Yil tanlovi - 2019” marosimi davom etmoqda. Oʻtgan yilning 3-avgust sanasida Toshkentda dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan tashrif buyurgan yuzdan ziyod eng mashhur blogerlar, fikr yetakchilari, media-personallar, influyenserlar (taʼsir koʻrsatuvchilar) va xalqaro onlayn platformaning taniqli vakillari “World Influencers Congress” (“Xalqaro yetakchilar kongressi”) doirasida tadbir oʻtkazilgan edi.
OʻzA soʻrovnomalariga koʻra, “World Influencers Congress” I Xalqaro influyenserlar kongressi – yilning eng samarali tadbiri sifatida eʼtirof etildi.
Yilning eng samarali tadbiri tashkilotchisi – Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga sovgʻani bloger, influenser Nozim Safarov topshirdi.
Bizni kuzatishda davom eting!