"Yil o‘qituvchisi" bo‘lish — yutuq emas, mas’uliyat!
“Kelajak bunyodkorlari“ loyihasining ilk qahramoni “Yil o‘qituvchisi“ tanlovi g‘oliblaridan biri, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani 89-maktab o‘zbek tili o‘qituvchisi — Sitorabonu Atabayeva.O‘qituvchilik shunchaki kasb emas, balki millat kelajagini shakllantiradigan buyuk missiyadir. "Yil o‘qituvchisi" maqomiga loyiq ko‘rilish esa ushbu kasb egasiga ikki hissa yuqori mas’uliyat va majburiyat yuklaydi.
O‘zbekistonda mamlakatning turli hududlaridan 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etgan “Yil o‘qituvchisi” kasbiy tanlovining g‘oliblari aniqlanib, tanlov yakunlariga ko‘ra, 208 nafar o‘qituvchi o‘z tuman va shaharlarida birinchi o‘rinni egalladi. Bellashuv davomida pedagoglarning kasbiy ko‘nikmalari baholandi. Bunda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladigan ilg‘or tajribaga alohida e’tibor qaratildi.
208 nafar g‘olibning har biri 616 mln so‘m miqdorida pul mukofoti olgani haqidagi xabarlar esa dillarni quvontirib, ayniqsa ustozlarning o‘z kasbiga bo‘lgan g‘urur va faxr bilan qatorda, o‘z yurtida qadr topish hissini uyg‘otdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA