Yevropa Ittifoqi raqamli platformani ishga tushirmoqda
Yevropa Ittifoqi hududida yashovchi fuqarolar uchun yangi platforma ishga tushiriladi.
Mintaqa aholisi endi Yevropadagi konferensiyalarda onlayn ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.
Muhim qarorlarni joriy qilishga qaratilgan ushbu dastur pandemiya davridagi munozaralardan so‘ng yo‘lga qo‘yilyapti. Platforma YeIdagi 24 ta rasmiy tilni o‘z ichiga olgan. Aloqani ta’minlash uchun xabarlar avtomatik ravishda tarjima qilinadi.
Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen bayonot berishicha, tarmoq yevropaliklarga so‘z erkinligi berish va ularning muammolarini hal etishga yordam beradi. Shuningdek, ishtirokchilar Yevropa Ittifoqi fuqarolari bilan fikr almashish hamda munozaralar olib borish imkonini qo‘lga kiritadi. Konferensiyada iqlim o‘zgarishi, sog‘liqni saqlash va raqamli transformatsiya kabi o‘nlab mavzular muhokama qilinadi.
Xabarlarga ko‘ra, platforma 9 maydan ishga tushadi. Yig‘ilish Yevropa Komissiyasi, Yevropa Parlamenti va Yevropa Kengashi a’zolari ishtirokida o‘tkaziladi.
YeI vakillari fuqarolar, ayniqsa, yoshlarga ushbu umumevropa demokratik mashg‘ulotlarida qatnashishini so‘ramoqda. Milliy parlamentlar, mintaqaviy hokimiyat organlari, fuqarolik jamiyati va ijtimoiy tashkilotlar ham ishtirok etishi talab qilinadi.
Hozircha konferensiya bilan bog‘liq barcha tadbirlar pandemiya tufayli gibrid formatda o‘tishi ma’lum bo‘ldi.