Yevropa AQSH qarorini xavotir bilan kutmoqda
Xabar qilinganidek, 14-16 fevral kunlari Myunxenda bo‘lib o‘tadigan Xavfsizlik konferensiyasida Rossiya, Ukraina va AQSH yuqori martabali vakillari uchrashuvi ko‘zda tutilgan. Moskva 2022 yil ushbu anjumanda ishtirok etishdan bosh tortgan, 2023 yil esa tadbirga taklif qilinmagan.
YeI davlatlari qizg‘in hozirlik ko‘rayotgan konferensiya natijasini oldindan bashorat qilib bo‘lmaydi, deb yozdi “Politico” nashri.
– AQSH bizga nima taklif qilishini bilmaymiz, hamma konferensiyani kutyapti, – degan Chexiya tashqi ishlar vaziri Yan Lipavskiy.
YeI yetakchilari Myunxenda Vladimir Zelenskiy bilan muzokara o‘tkazishi kerak bo‘lgan AQSH vitse-prezidenti Jey-Di Vensni ham diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Nashr yevropaliklarni Ukraina bo‘yicha Amerika rejasi taqdimoti ham juda qiziqtirayotganini eslatgan. Shu bilan birga konferensiyadan so‘ng Vashingtonning YeIga nisbatan yangi munosabati ham ayonlashadi, deyilgan xabarda.