Yevroittifoq Ukrainaga 22 milliard yevro ajratgan
Yevroittifoq diplomatiyasi rahbari Jozep Borrelning ma’lum qilishicha, Yevroittifoq hozirgacha Ukrainaga 22 milliard yevrolik moliyaviy, harbiy va gumanitar yordam ko‘rsatgan. Bunga ittifoqqa kiruvchi davlatlar bilan Ukraina o‘rtasidagi ikki tomonlama harbiy yordamlar kirmaydi.
"YeI hozirgacha Ukrainaga 22 milliard yevro miqdorida yordam ajratdi. Bunga YeIga a’zo mamlakatlarning Ukrainaga ikki tomonlama hamkorliklar asosida ko‘rsatgan harbiy yordamlari kirmaydi", - dedi Borrel.
Uning chiqishi YeI Kengashi saytida namoyish qilingani aytilmoqda.
Borrel “Katta yettilik” mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining Germaniyada Myunster shahrida bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvida ishtirok etmoqda. Unda ishtirokchilar Rossiya maxsus amaliyotining Ukrainaga keltirgan zararlarini muhokama qilmoqda.