Yevro-2020: Ispaniya va Italiya keyingi bosqichda
Kecha va bugun yarim tunda futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining 1/4 final o‘yinlaridagi ikkita uchrashuv o‘tkazildi.
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi "Gazprom Arena" stadionida bo‘lib o‘tgan Shveysariya - Ispaniya uchrashuvining asosiy va qo‘shimcha vaqtlarida durang natija qayd etildi.
Qizig‘i, asosiy va qo‘shima vaqtda Shveysariya va Ispaniya darvozalariga yo‘llangan ikkala to‘pga ham shveysariyaliklar mualliflik qildi.

Birinchi bo‘limda o‘z darvozasiga kutilmaganda gol urib qo‘ygan shveydsiyaliklar, ikkinchi bo‘limda yo‘l qo‘yilgan xatoni to‘g‘rilagandek bo‘ldi.
Ispaniya darvozasiga javob golini yo‘llay oldi: 1:1.
Ammo alaloqibat Shveysariya penaltilar seriyasida ispanlarga “yo‘l berishga” majbur bo‘ldi.
O‘yinning penaltilar seriyasida Ispaniyaga omad kulib boqdi.
Germaniyaning Myunxen shahridagi "Alyans-Arena" o‘yingohida esa Belgiya – Italiya to‘qnashuvi bo‘lib o‘tdi. Juda katta ruhiy bosim ostida o‘tgan uchrashuvning birinchi bo‘lmi 2:1 hisobida Italiya foydasiga hal bo‘ldi.
Ikkinchi bo‘limda belgiyaliklar bir qancha golli vaziyatlarni vujudga keltirgan bo‘lsa-da, so‘nggi pallada omad ulardan yuz o‘girdi. Birinchi bo‘limdagi hisob (2:1) o‘zgarishsiz qoldi.
Demak, Ispaniya va Italiya keyingi 1/2 final bosqichida. Bugun tunda ularning raqiblari kim bo‘lishini bilib olamiz.
Bugun esa Ozarbayjon poytaxti Baku shahridagi "Olimpiyskiy" stadionida Chexiya – Daniya to‘qnashuvi bo‘lib o‘tsa, barchaning diqqat markazidagi uchrashuvlardan biri bo‘lgan Angliya – Ukraina 1/4 “kelishuvi” Italiyaning Rim shahridagi "Olimpiko" yashil maydonida bo‘lib o‘tadi.
T. RO‘ZIEV