Yerni noqonuniy sotmoqchi bo‘ldi
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida noqonuniy yer savdosining oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Samarkand tumani Turkman qishlog‘ida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan A.U. Pastdarg‘om tumani hokimligi balansida bo‘lgan 0,21 gektar bog‘ni 30 ming AQSH dollarga sotishga kelishib, oldindan 15 ming AQSH dollarini olgan paytda qo‘lga olindi.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi rejalashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
O‘zA.