Yerni boqsang, yer seni boqadi
Amudaryo tumani “Toʻlqin” ovul fuqarolar yigʻinida tomorqasidan unumli foydalanib, qoʻshimcha daromad olayotganlar koʻpchilikni tashkil etadi.
Amudaryo tumani “Toʻlqin” ovul fuqarolar yigʻinida tomorqasidan unumli foydalanib, qoʻshimcha daromad olayotganlar koʻpchilikni tashkil etadi. UlardanbiriAzimjon Muxtorovdir.
Asli kasbi oʻqituvchi boʻlgan A. Muxtorovni ovul ahli hurmat qiladi. Azimjon aka ovuldagi 33-sonli umumtaʼlim maktabida jismoniy tarbiya fanidan dars berib keladi. Ishdan boʻsh paytida tomorqasida mehnat qiladi.
- Ikki yil oldin 2,5 sotix yerda issiqxonatashkil qilgandik. Hozir tomorqamizda bodring gʻarq pishgan. Shuningdek, qovun va pomidor ham pishib yetilgan. Roʻzgʻorimiz butligi, dasturxonimiz toʻkinligi mana shu tomorqamizdagi baraka bilan bogʻliq,- deydi Azimjon aka mamnunlik bilan.