“Yengilmas“ Shohjahon Ergashevning raqibi aniq boʻldi
Professional bokschimiz Shohjahon Ergashev 10 noyabr kuni oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazadi.
Professional bokschimiz Shohjahon Ergashev 10-noyabr kuni oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazadi.
Hamyurtimizga bu safargi jangda amerikalik Zak Remsi raqiblik qiladi.
Maʼlumot uchun, Zak shu kungacha professional ringda 12 ta jang oʻtkazib, ularning 8 tasida gʻalaba qozongan (4 tasi nokaut evaziga). 4 ta jangda magʻlub boʻlgan (2 ta nokaut). Shohjahon esa professional boksdagi faoliyati davomida 14 ta jang oʻtkazib, ularning barchasini oʻz foydasiga hal qilgan. 13 ta jangda hamyurtimiz muddatidan oldin gʻalaba qozona olgan.