YeIga a’zo davlat rahbarlari sammitga chaqirildi
“Yevrokengash rahbari Yevroittifoqqa a’zo davlatlarning rahbarlari bevosita ishtirok etuvchi sammitni chaqiradi, unda Rossiya bilan munosabat, iqlim va koronavirus masalasi muhokama qilinadi”, dedi Mishelning rasmiy vakili Barend Leyts.
“25 may, seshanba kuni bo‘luvchi mazkur sammitda davlat rahbarlari shaxsan ishtirok etadi”, deb yozadi u “Twitter”da.
Leytsning ma’lum qilishicha, shuningdek, 8 mayda Portoda Yevroittifoq rahbarlarining norasmiy sammiti, keyingi sammit esa iyun oyining oxiriga belgilangan.