YeI Ukraina temir yo‘l tizimini qo‘llab-quvvatlaydi
Kiyev shahriga amalga oshirilgan tashrif doirasida Yevropa Ittifoqi va Germaniya mas’ullari Ukraina temir yo‘l sohasiga navbatdagi texnik yordam ajratilishini e’lon qildi. Bu haqda DW nashri xabar bergan.
Ma’lum qilinishicha, YeI tomonidan “Ukrzaliznitsya” temir yo‘l kompaniyasiga 23 dona texnika, jumladan transport vositalari va generatorlar jo‘natilgan. Bu uskunalardan shikastlangan infratuzilmani tiklashda foydalaniladi.
Tez orada Kiyevga 25 dan ortiq o‘zi ag‘darar (samosval) mashina, yer kovlagich moslama (ekskavator) va yuk avtomobili yetkazib beriladi.
D.Hakimov, O‘zA