YeI Qonunchilik assambleyasining yangi raisi saylanadi
INTERFAX.RU tarqatgan xabarga qaraganda, Yevroparlamentning 18 yanvardagi yalpi majlisida YeI Qonunchilik assambleyasining yangi raisi saylanadi.
Yevroparlament rasmiy vakili o‘rinbosari Delfin Kolyar: “Shu majlisda kelgusi ikki yarim yil uchun Yevroparlament raisi saylanadi”, deb ta’kidladi Bryusseldagi brifingda. U saylanish tartibini eslatdi: “Rais lavozimiga nomzodni fraksiyalar yoki parlament tarkibining 20 foizini tashkil qiluvchi, ya’ni 36 deputatdan iborat guruh taklif etishi mumkin”.