YeI: “Hozir eng muhimi – Eronning yadroviy bitimi”
“AQSHning Eron yadroviy dasturiga oid xalqaro kelishuvga qaytishi Yevropa ittifoqining tashqi siyosatida ustuvor yo‘nalish hisoblanadi”, deb bayonot berdi Yevroittifoq tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel.
“Hozir eng muhimi – Eronning yadroviy bitimi. bugungi kunda biz mana shu masala ustida ko‘p ishlarni olib bormoqdamiz”, dedi Atlantika kengashi tomonidan tashkillashtirilgan onlayn-anjumanda.
Uning ta’kidlashicha, AQSH va Eron mazkur dastur bo‘yicha majburiyatlarini bajarishga kirishmoqchi, lekin bu borada ularning qaysi biri ilk qadamni tashlashi muhim bo‘lib turibdi.