YEÇL: «Mançester Siti» va «Real»dan irodali ğalaba, «Komo»dan tarixiy natija
Yevropa çempionlar ligasining uşbu turi özbekistonlik futbol muxlislari uçun ham alohida ahamiyat kasb etdi. Sababi, nufuzli musobaqaning keçagi bahslarida ikki nafar hamyurtimiz — Abduqodir Husanov «Mançester Siti», Umarali Rahmonaliyev esa «Sabah» klubi safida maydonga tuşdi.
Leypsigdagi «Red Bull Arena»da keçgan uçraşuvda «Mançester Siti» qiyin ğalabaga erişdi. Birinçi bölimning 37-daqiqasida Kastello Lyukebaning öz darvozasiga kiritgan töpi mehmonlarni oldinga olib çiqdi.
Tanaffusdan keyin mezbonlar faollaşdi. 49-daqiqada Ridle Baku hisobni tenglaştirdi. Biroq, 58-daqiqada Enso Fernandes boş bilan aniq zarba berib, «MS» klubini yana oldinga olib çiqdi. Oradan uç daqiqa ötib, Antonio Nusa yana muvozanatni tikladi. Uçraşuv taqdirini 78-daqiqada Erling Holand hal qildi. Elliot Andersonning uzatmasidan keyin norvegiyalik hujumçi ğalaba golini kiritdi.
Özbekiston milliy terma jamoasi himoyaçisi Abduqodir Husanov «Mançester Siti»ning asosiy tarkibida maydonga tuşib, töliq 90 daqiqa harakat qildi. U qöşib berilgan vaqtning 94-daqiqasida sariq kartoçka bilan ogohlantirildi. Himoyaçimiz uçraşuv davomida törtta töpni raqibdan olib qöyişga muvaffaq böldi. “Sofascore” portali uning harakatlarini 7,0 ballga baholadi.

«Viking» — «Sabah» 4:1
Norvegiyadagi uçraşuvda Umarali Rahmonaliyev «Sabah»ning asosiy tarkibida maydonga tuşib, 79 daqiqa harakat qildi. Hamyurtimiz 11-daqiqada Patrik Orfe Mbina tomonidan kiritilgan golga hammuallif böldi. “Sofascore” portali futbolçimizning öyinini 7,0 ballga baholadi. Biroq mezbonlar 27-daqiqada Erik Botheymning goli bilan muvozanatni tikladi.
Ikkinçi bölimda Zlatko Tripiç, Henrik Falxener va Erik Botheym raqib darvozasini işğol qilib, «Viking»ning 4:1 hisobidagi ğalabasini taʼminladi.

«Fenerbahçe» — «Liverpul» 3:2
Istanbuldagi «Şyukryu Sarajoğlu» stadionida keçgan öyin «Liverpul» uçun omadsiz yakunlandi. Bahsning 25-daqiqasida Trey Noni mehmonlarning birinçi golini urdi. Tört daqiqa ötib, Meyson Grinvud hisobni tenglaştirdi.
Ikkinçi bölimda zaxiradan maydonga tuşgan Aleksandr Isak 69-daqiqada «Liverpul»ni yana oldinga olib çiqdi. Ammo mezbonlar bunga ham munosib javob qaytardi. 73-daqiqada Arçi Braun hisobni tenglaştirgan bölsa, oradan olti daqiqa ötib Vedat Muriki ğalaba golini kiritdi.
AYEK — «Real Madrid» 2:3
Afinadagi uçraşuvda «Real Madrid» ikki marta hisobda ortda qolganiga qaramay, yakunda irodali ğalabani nişonladi. Öyinning 12-daqiqasida Abubakari Koyta mezbonlarni oldinga olib çiqdi. 32-daqiqada Jud Bellingem hisobni tenglaştirdi. Ikkinçi bölimda Stavros Pilios 75-daqiqada AYEK klubining ikkinçi goliga mualliflik qildi. Ammo uç daqiqa ötib, Kilian Mbappe muvozanatni tikladi.
Uçraşuvning 90+2-daqiqasida Federiko Valverde Braim Diasning uzatmasidan keyin aniq zarba yöllab, madridliklarga ğalabani taqdim etdi. Qöşimça vaqtning sönggi daqiqalarida AYEK muallifi Abubakari Koyta qizil kartoçka ham oldi.
Eʼtiborlisi, «Qirollik klubi» uşbu ğalaba orqali umumiy bosqiçdagi törtta uçraşuvning barçasida ğalaba qozonib, 12 oçko töpladi.

«Lans» — «Komo» 1:9
Sesk Fabregas boşqarayotgan Italiyaning «Komo» jamoasi safarda «Lans» darvozasiga töqqizta töp kiritib, yirik ğalabani qölga kiritdi.
Uçraşuvda mehmonlar hujumçisi Anastasios Duvikas xet-trik qayd etdi. U 7, 32 va 57-daqiqalarda raqib darvozasini işğol qildi. Şuningdek, Niko Paz, Lukas da Kunya, Mark-Oliver Kempf, Mattiya Liberali, Martin Baturina va Matteo Papaçolli ham gollar muallifi böldi.
Mezbonlarning yagona golini 65-daqiqada Ruben Agilar kiritdi.
Qayd etiş joiz, «Komo»ning 9:1 hisobidagi ğalabasi Çempionlar ligasi tarixidagi eng yirik ğalabalardan biri böldi. Italiyaliklar uşbu natija bilan musobaqadagi eng katta hisobdagi ğalabalar rekordini takrorladi.
Maʼlumot uçun, avvalgi rekord 2007-yil 6-noyabrda qayd etilgan. Öşanda «Liverpul» öz maydonida Turkiyaning «Beşiktoş» klubini 8:0 hisobida mağlub etgan. 2015-yil 8-dekabrda esa «Real Madrid» ham «Malmyo»ni 8:0 hisobida yengib, uşbu natijani takrorlagan.
Bundan taşqari, «Komo» musobaqa tarixida bir öyinda töqqizta gol urgan ikkinçi jamoaga aylandi. Birinçi bölib bu natijaga 2024-yilda «Bavariya» «Dinamo Zagreb»ni 9:2 hisobida mağlub etganida erişgan.

«Borussiya Dortmund» — «Real Betis» 2:1
Dortmunddagi «Signal Iduna Park» stadionida keçgan bahsda mezbonlar uç oçkoga ega çiqdi. Öyining birinçi bölimida hisob oçilmadi. Tanaffusdan keyin Fabio Silva 49-daqiqada «Borussiya»ni oldinga olib çiqdi. 67-daqiqada Aytor Ruibal hisobni tenglaştirdi. Biroq, oradan beş daqiqa ötib, Konstantinos Karetsas Fabio Silvaning uzatmasidan keyin ğalaba golini kiritdi. Şu tariqa, dortmundliklar umumiy bosqiçdagi uçinçi ğalabasini nişonladi.
«Portu» — «Napoli» 4:1
Portugaliyada ötgan mazkur töqnaşuvning 11-daqiqada Yan Bednarek hisobni oçdi. Birinçi bölim yakuniga yaqin Skott Maktominey muvozanatni tikladi.
Ikkinçi bölimda «Portu» taşabbusni töliq öz qöliga oldi. 71-daqiqada Gabri Veyga, 80-daqiqada Yakub Kivior raqib darvozasini işğol qildi. 90-daqiqada esa Samu penaltidan unumli foydalanib, uçraşuvning yakuniy hisobini örnatdi.
«PSV» — «Bryugge» 1:2
Eyndxovendagi bahsda «Bryugge» mehmondan muhim ğalaba bilan qaytdi. 25-daqiqada Nikolo Tresoldi hisobni oçdi. Ikkinçi bölim boşida Koday Sano muvozanatni tiklagan bölsa-da, 65-daqiqada Karlos Forbs mehmonlarga ğalabani taqdim etgan golni kiritdi.
«Slaviya Praga» — «Arsenal» 1:2
Praga şahrida mehmon bölgan Londonning «Arsenal» klubi birinçi bölimdayoq ikki gol farqi bilan oldinga çiqdi. 9-daqiqada Noni Madueke hisobni oçdi. 38-daqiqada Viktor Dyokereş mehmonlarning ikkinçi golini kiritdi.
Uçraşuvning 90-daqiqasida Viktor Novak bitta gol urib, hisobdagi farqni qisqartirdi. Ammo mezbonlar qolgan vaqtdan unumli foydalana olmadi.
Şu tariqa, UYEFA Çempionlar ligasi umumiy bosqiçining törtinçi turidan keyin Parijning «PSJ» va Ispaniyaning «Real Madrid» klublari musobaqada maksimal natija qayd etmoqda. Har ikki jamoa törtta uçraşuvning barçasida ğalaba qozonib, 12 oçkodan jamğargan. Töplar nisbatiga köra, «PSJ» birinçi, «Real» esa ikkinçi örinda bormoqda.
Londonning «Arsenal» klubi 10 oçko bilan uçinçi poğonadan joy olgan. Keyingi örinlarda «Komo», «Barselona», «Aston Villa», «Mançester Siti», «Liverpul», «Bryugge», «Sporting», «Betis» va «Borussiya Dortmund» jamoalari 9 oçkodan jamğargan holda qayd etilgan. 13-poğonada 8 oçko töplagan «Bavariya» joylaşgan. «Ştutgart» 7 oçko bilan 14-örinda bormoqda. «Inter», «LASK», «Mançester Yunayted» va «Galatasaroy» esa 6 oçkodan jamğargan.
Jadvalning 19-örnini «Fenerbahçe» 5 oçko bilan band etgan bölsa, 4 oçkodan töplagan beşta jamoa — «Roma», «Şaxtyor», «Viking», «Atletiko», «PSV» va «Budyo-Glimt» 20–25-örinlarga taqsimlangan.
Turnir jadvalining 26-33 örinlarida hisobida 3 oçko bölgan «Portu», «Napoli», «Vilyarreal», «RB Leypsig», AYEK, «Sabah», «Feyenoord» va «Lans» klublari joy olgan. Jadvalning quyi qismida «Slaviya Praga» va «Lill» bir oçkodan töplab, mos ravişda 34 va 35-örinlarni band etgan. «Slovan Bratislava» esa törtta uçraşuvda ham mağlubiyatga uçrab, oçkosiz holda sönggi, 36-örinda bormoqda.
Maʼlumot uçun, umumiy bosqiç yakunida dastlabki 8 ta jamoa töğridan-töğri 1/8 finalga yöllanma oladi. 9–24-örinlarni egallagan klublar pley-off saralaş bosqiçida iştirok etadi. Qolgan jamoalar musobaqani tark etadi.
Yevropa çempionlar ligasi umumiy bosqiçining 5-tur uçraşuvlari 24-25-noyabr kunlari bölib ötadi. Unda quyidagi bahslarga guvoh bölamiz:
24-noyabr:
22:45 — «Galatasaroy» — «Aston Villa», «Budyo-Glimt» — «LASK»;
01:00 — «Feyenoord» — «Portu», «Arsenal» — «Borussiya Dortmund», «Slovan Bratislava» — «Betis», «Real Madrid» — «PSV», «RB Leypsig» — «Lans», «Komo» — AYEK, «Mançester Siti» — «Napoli»;
25-noyabr:
22:45 — «Slaviya Praga» — «Vilyarreal» va «Sabah» — «Barselona»;
01:00 — «PSJ» — «Roma», «Şaxtyor» — «Fenerbahçe», «Inter» — «Ştutgart», «Sporting» — «Mançester Yunayted», «Atletiko» — «Viking», «Lill» — «Bavariya» va «Bryugge» — «Liverpul».
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA