Yassin Bunu: "Biz uni mamnuniyat bilan qabul qilamiz"
Biz Marokashga aloqador har bir kishidan xursandmiz. Ayniqsa, u "Real Madrid" futbolchisi bo‘lsa.
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Tiago Pitarch Marokash terma jamoasida o‘ynash huquqiga ega.
Aslida kelib chiqishi marokashlik bo‘lgan ispaniyalik futbolchi o‘zining qarorini e’lon qilgani yo‘q. Biroq yaqinda "qizil furiya" bosh murabbiyi Luis de la Fuente umidli futbolchini Ispaniya terma jamoasida o‘ynamoqchi ekanini aytgan edi. Marokash terma jamoasi darvozaboni Yassin Bunu uni o‘z terma jamoasida ko‘rishdan xursand bo‘lishini ma’lum qildi.
"Marokash va Ispaniyada uning qardoshlari bor. U o‘ziga to‘g‘ri deb bilgan qaror qabul qilishi kerak va uning qarorini hurmat qilaman. Lekin shuni bilishini xohlayman. Biz uni terma jamoamizga bajonidil qabul qilamiz. Biz Marokashga aloqador har bir kishidan xursandmiz. Ayniqsa, u "Real Madrid" futbolchisi bo‘lsa", - dedi Bunu.
Eslatib o‘tamiz, iqtidorli futbolchi yaqindagina "qirollik klubi"ning asosiy tarkib futbolchilaridan biriga aylangan edi.