Yashillikka burkanayotgan Zarafshon
FOTOREPORTAJ
Bugun har qadamda yurtimizdagi yangilanish va obodlikka guvoh bo‘lyapmiz. Barpo etilayotgan yangi markazlar, chiroy ochayotgan mahallalar, yashil hududlar va dam olish maskanlari aholi uchun qulaylik yaratmoqda. Bunday o‘zgarishlar Navoiy viloyatining olis hududi hisoblanmish Zarafshon shahrini ham chetlab o‘tayotgani yo‘q.
[gallery-12626]
Viloyat markazidan 220 km uzoqlikda, sahro bag‘rida joylashgan shaharda ko‘kalamzorlashtirish hamda obonlashtirish ishlari muntazamlik kasb etgan. Shahar ko‘chalari bo‘ylab sayrga chiqqan kishini barq urib turgan gullaru yam-yashil daraxtlar tarovati o‘ziga jalb etadi. Aslida cho‘l sharoitida bunday natijaga erishishning o‘zi oson ish emas, albatta.
Zarafshonning shunday chiroy ochib turishida shahar obodonlashtirish boshqarmasining fidoyi ishchilari xizmati beqiyosdir. Ayni jazirama kunlarda ham ularni ish jarayonida uchratamiz. Bu insonlarning zahmatli mehnati tufayli shahar chindan obod manzilga aylangan.
Siroj ASLONOV(surat),O‘zA