“Yashil makon” umummilliy loyihasi davom etmoqda
FOTOREPORTAJ
Navoiy viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi ko‘chat ekish tadbirlari davom etmoqda. Loyihada viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etayotir.
[gallery-14745]
Navbatdagi aksiyada boshqarma xodimlari tomonidan Xatirchi tumani “Faravon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan maydonda keng qamrovli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Tadbir davomida bir necha gektarli yer maydoni tekislanib, ushbu joyda manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Siroj ASLONOV(surat),O‘zA