«Yashil makon» doirasida tutzorlar kengaydi
Prezidentimiz tashabbusi bilan e’lon qilingan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi tasarrufidagi korxonalar tomonidan ko‘kalamzorlashtirish, daraxt ko‘chatlarini ekib bog‘ yaratish, pilla ozuqasi uchun tut ko‘chatlarini ekib tutzorlarni kengaytirish ishlari davom etmoqda.
Xususan, Jizzax viloyatidagi pillani qayta ishlash korxonalari, jumladan, "Silk Expert Processing“ MCHJ, ”Zomin Asl Ipak Tolasi“ XK, ”Al Abbos silk" MCHJ, “Gʼallaorol silk eksport” MCHJ, "Zafarobod pilla klaster" MCHJ kabi korxonalari tomonidan jami 5 million 523 ming dona tut ko‘chatlari ekilib yakka qator va keng tutzorlar barpo etildi.

«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasidagi bu kabi daraxt ekish ishlari Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi tarkibidagi korxonalar tomonidan barcha viloyatlarimizda davom etmoqda.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA