Yarmarkada 345 nafar fuqaro ishli bo‘ldi
Navoiy shahridagi madaniyat va istirohat bog‘ida viloyat hokimligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamkorligida ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
352 ta korxona va tashkilot o‘zlaridagi mavjud 2299 ta bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashgan yaramarkada 1168 nafar ishsiz fuqaro, jumladan, 409 nafar yosh ishtirok etdi.

Yarmarkada 345 nafar fuqaroning, jumladan, 153 nafar yoshning doimiy bandligi ta’minlandi. Shuningdek, 17 nafar fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi. 74 nafar kasbga ega bo‘lmagan fuqaro kasb-hunarga o‘qitishga yo‘naltirildi. 36 nafar fuqaroga esa huquqiy maslahatlar berildi.




Yarmarkada "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"da ro‘yxatda turuvchi 15 nafar xotin-qizga tikuv mashinalari topshirildi.
A.Bo‘riyev,
O‘zA muxbiri