Yaponiyani endi kim boshqaradi?
Yaponiyada amaldagi Liberal-demokratik partiyasi 71 yoshli Yosixida Suganini oʻzining yangi yetakchisi etib sayladi.
Yaponiyada amaldagi Liberal-demokratik partiyasi 71 yoshli Yosixida Suganini oʻzining yangi yetakchisi etib sayladi.
Mazkur partiya parlamentda koʻpchilikni tashkil qilgani tufayli Suganning mamlakat bosh vaziri etib saylanishi ham amalda kafolatgan. Uning parlament tomonidan bosh vazirlikka tasdiqlanishi chorshanba kuniga belgilangan. Yosixida Suga hukumatni 2021-yilning sentyabrida boʻluvchi navbatdagi saylovlarga qadar boshqaradi.
Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, salomatligi yomonlashgani tufayli 28-avgustda isteʼfo bergan Yaponiyaning avvalgi bosh vaziri Sindzo Abe Sugadan olti yosh kichik hisoblanadi.