Yaponiyada kuchli zilzila: sunami xavfi e’lon qilindi
Yaponiyaning shimoli-sharqiy sohillari yaqinida 7,5 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yer silkinishidan keyin o‘lkada sunami xavfi e’lon qilingan va ilk to‘lqin Ivate hududidagi Miyako portida 40 santimetr balandlikda qayd etilgan.
Ekologlar vaziyat hali barqaror emasligini ma’lum qilmoqda. Keyingi to‘lqinlar 3 metrgacha yetishi mumkinligi aytilgani sababli aholiga zudlik bilan xavfsiz hududlarga ko‘chish tavsiya etilgan. Ayniqsa, sohil va daryo bo‘yida yashovchilar uchun xavf yuqori ekani ta’kidlanmoqda.
Ayni payt hukumat favqulodda choralarni kuchaytirgan. Bosh vazir aholini ogohlikka chaqirib, baland joylarga chiqish va rasmiy ko‘rsatmalarga qat’iy amal qilish zarurligini bildirdi.
Musulmon Ziyo, O‘zA