Yaponiya terma jamoasi a’zo Ao Tanaka "Manchester Yunayted"ga ko‘chib o‘tishi mumkin
Futbolchi joriy mavsumda umumiy 26ta uchrashuvda maydonga tushib, 4ta gol urishning uddasidan chiqqan.
Yaponiya milliy terma jamoasi va "Lids" klubi yarim himoyachisi Ao Tanaka faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin.
"TEAMtalk" nashri bergan xabarlarga ko‘ra, 27 yoshli yarim himoyachining xizmatlariga "qizil iblislar" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o‘zi ham yozda "tovuslar"ni tark etishga qarshi emas. "Lids" futbolchining transferi ortidan kamida 17 million yevro ishlab olishni ko‘zlamoqda. MYUdan tashqari Tanakani "Nyukasl" hamda "Everton" klublari ham o‘z tarkibida ko‘rishni istayapti. Futbolchi joriy mavsumda umumiy 26ta uchrashuvda maydonga tushib, 4ta gol urishning uddasidan chiqqan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yozida yakuniga yetadi.
"Transfermarkt" portali Tanakani 10 million yevroga baholagan.