Yaponiya ilk bor uzoq masofaga uchadigan raketa tizimini shakllantirmoqda
Yaponiya uzoq masofaga mo‘ljallangan raketa tizimini joylashtirishni yakunladi, deb e’lon qildi mamlakat mudofaa vaziri Sinziro Koizumi.
– Bugun 12-toifaga mansub takomillashtirilgan kemaga qarshi boshqariladigan raketa va yuqori tezlikda harakatlanuvchi 2-toifa o‘q-dori maxsus bo‘linmalarga joylashtirildi. Bu javob dasturi doirasida birinchi marta harbiy soha uchun mahalliy darajada ishlab chiqarilgan raketalar joylashtirilishi, – dedi u.
Yangi tizim Kumamoto muzofotidagi Kengun aviatsiya bazasi va Shizuoka prefekturasidagi Fuji lageriga o‘rnatildi.
– Mazkur qurilma dushman bosqini, jumladan kema yoki amfibiya kuchlari tomonidan uyushtiriladigan zarbani ishonchli tarzda barbod qiladi va shu tariqa hujum ehtimolini kamaytiradi, – deya qo‘shimcha qildi Koizumi.
Mulozimning so‘zlariga ko‘ra, Yaponiya Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda eng murakkab xavfsizlik muhitiga duch kelmoqda. Shu bois kun chiqar yurt raqibni to‘xtatish va munosib javob berish qobiliyatini mustahkamlash uchun mavjud salohiyatni oshirishda davom etadi.
Hukumat maxsus dasturining bir qismi hisoblangan uzoq masofaga uchadigan raketalarni hozirlash dushmanga raqibning qo‘li yetmaydigan joydan zarba berish imkonini beradi.
Takomillashtirilgan 12-tur raketasi 1000 kilometrdan ham uzoqqa ucha oladi. Lozim bo‘lsa, Xitoy yoki Shimoliy Koreyaga hududigacha yetib borishi mumkin.
S.Rahimov, O‘zA