Yaponiya hukumati tarkibi yangilandi
Yaponiya Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi Yosixide Suga hukumatning yangi tarkibini eʼlon qildi.
Yaponiya Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi Yosixide Suga hukumatning yangi tarkibini eʼlon qildi.
RIA Novostining aniqlik kiritishicha, eski hukumat aʼzolaridan faqat 6 nafarigina oʻz lavozimini saqlab qolgan. Bular Bosh vazir oʻrinbosari va moliya vaziri Taro Aso, tashqi ishlar vaziri Taro Kono, iqtisodiyot, sanoat va savdo, shuningdek, Rossiya bilan iqtisodiy hamkorlik ishlari vaziri Xirosige Seko, davlat yerlari va transport vaziri Keyiti Isii, iqtisodiy tiklanish vaziri Tosimitsu Motegilardir.
Hukumatning yangi aʼzolari soni 12 ta boʻlib, ular mudofaa vaziri Takesi Ivaya, atrof-muhit vaziri Yosiaki Xarada, Okinava va shimoliy hududlar, shuningdek, maʼmuriy islohotlar boʻyicha vazir Mitsuxirosi Miyakosi, umummilliy ishlar va kommunikatsiya vaziri Masatosi Isida, Olimpiada va Paralimpiada ishlari vaziri Yositaka Sakurada, fan va texnologiyalar vaziri Takuya Xirai, tabiiy ofatlardan soʻng tiklanish vaziri Xiromiti Vatanabe, taʼlim, madaniyat, sport vaziri Masaxiko Sibayama, qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaliklari vaziri Takamori Yosikava, jamoat xavfsizligi va tabiiy ofat oqibatlarini oldini olish vaziri Dzyundzo Yamamoto, hududlarni rivojlantirish ishlari vaziri Satsuki Katayama ( u hukumat tarkibidagi yagona ayol ), sogʻliqni saqlash, mehnat va farovonlik vaziri Takumi Nemoto, adliya vaziri Takasi Yamasitalardan iborat.
Yangi hukumat Yaponiya imperatori tomonidan tasdiqlangandan soʻng rasmiy maqomga ega boʻladi.