Yaponiya AQSHga protest bildirdi
Amerikalik harbiy xizmatchi tomonidan Okinava orolida yaponiyalik ayol oʻldirilgani haqidagi axborotga asoslanib, Yaponiya AQSHga protest bildirdi
Amerikalik harbiy xizmatchi tomonidan Okinava orolida yaponiyalik ayol oʻldirilgani haqidagi axborotga asoslanib, Yaponiya AQSHga protest bildirdi. Bu haqda 14 aprel kuni Yaponiya tashqi ishlar vazirligi bayonot bergan.
Avvalroq, mamlakatning Tyatan shahridagi xonadonlarning birida amerikalik harbiy va yapon ayoli jasadi topilgani xabar berilgan edi. Ehtimolga koʻra, erkak ayolni oʻldirgan va shundan soʻng oʻz joniga qasd qilgan.
Rasmiy maʼlumotlariga koʻra, Yaponiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Takeo Akiba telefon orqali AQSH elchisi Uilyam Xagertiga sodir boʻlgan hodisa yuzasidan “juda qaygʻuda ekani” va qatʼiy protest bildirishini maʼlum qilgan. Shuningdek, yaponiyalik diplomat AQSHdan mazkur qotillik boʻyicha surishtiruv-tergov ishlarini olib borishda hamkorlik qilish, amerikalik harbiy xizmatchilar tartib-intizomini kuchaytirish va shu kabi mashʼum hodisalarning oldini olishni talab qilgan.
Kiodo agentigining yozishicha, qotillik sodir etgani gumon qilinayotgan marhum AQSHning Okinavadagi qoʻshinida xizmat qilgan.