Yangiyo‘lda yangi yil yarmarkasi
Yangi yil bayrami shukuhi kezib yurgan ayni kunlarda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida ham qishloq xo‘jalik mahsulotlari yarmarkalari o‘tkazilmoqda.
Yangi yil bayrami shukuhi kezib yurgan ayni kunlarda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida ham qishloq xo‘jalik mahsulotlari yarmarkalari o‘tkazilmoqda.
Aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini yanada yuksaltirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini nisbatan arzon narxlarda yetkazib berish maqsadida tashkil etilgan yarmarkalarga ta’minotchi korxonalar, agrofirma va fermer xo‘jaliklari biriktirilgan.
“Yangiyo‘l dehqon bozori” hududida tashkil etilgan yarmarkada, “Navbahor”, “Gulbahor”, “Niyozbosh”, “Xalqobod”, “Fayzobod”, “Eski Qovunchi” kabi qishloq fuqarolar yig‘inlari hududlarida chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlari nisbatan arzon narxlarda sotilmoqda.
– Ro‘zg‘or uchun zarur bo‘ladigan mahsulotlarni shu yerdan olmoqdamiz, – deydi yangiyo‘llik Zumrad Ahmedova. – Bugun yarmarkadan go‘sht, tuxum, kartoshka va piyoz xarid qildim. Ularning sifati yuqori, narxi nisbatan arzon. Yangi yil bayrami arafasida davlatimiz tomonidan aholiga yaratilayotgan bunday qulayliklardan minnatdormiz.