Yangiyerda bayram: qalblar qalblarga mehr ulashmoqda
Bahorning eng ulug‘vor ayyomlaridan biri Navro‘zi olam kelinchak misoli yurtimizga kirib keldi.
Bu yil yurtimizda Navro‘z bayrami o‘zgacha ko‘tarinki ruhda, “Assalom, Navro‘z yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” g‘oyasi asosida keng nishonlanmoqda.
Yangiyer shahrida ham "Navro‘z bayrami barchaning qalbida uyg‘onish nafasi bilan, dillarni xushnud etib, ko‘tarinki ruhda tantana qilindi. Yangiyer shahar hokimi Elyor Xo‘jayev xamshaharlarini Navro‘zi ayyom bilan muborakbod etib, hukumatimiz tomonidan yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borilayotgan islohotlar va ezgu maqsadlarga yo‘g‘irilgan bunyodkorlik ishlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Yangiyer shahar madaniyat uyi xodimlarining sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlari va milliy raqs ansamblining chiqishlari shahar aholisini yanada xushnud etdi.

Bayramda dasturxonlarga milliy va bahoriy, ayniqsa, sumalak, halim kabi tansiq taomlar tortildi. Shahardagi yosh sportchilarining chiqishlari barchada katta taassurot qoldirdi.



Shuhrat Suyarov, O‘zA.