Yangi yilni yangi uyda kutib olishadi
Yangi yil bayrami arafasida Samarqand viloyatining Jomboy tumani Uzunovul qishlog‘ida turar joyga ehtiyojmand oilalar uchun qurilgan har biri 24 xonadonli 2 ta ko‘p qavatli uy o‘z egalariga topshirildi.
“Qishloq qurilish invest” tomonidan moliyalashtirilgan ushbu uy qurilishiga 7 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Bu xonadonlar aholiga esa uzoq muddatli imtiyozli kredit asosida berildi.

– Turmush o‘rtog‘im vafot etgach ijarada yashab kelayotgandim, - deydi Zulayho To‘ychiyeva. – Davlatimizga rahmat, bugun o‘z uyimga ega bo‘ldim. Yangi yilni o‘z uyimizda kutib olamiz.
Og‘ir turmush sharoitidagi ayrim ayollar va oilalarga ajratilgan xonadonlarning boshlang‘ich to‘lovi tegishli jamg‘armalar va hokimlik tomonidan to‘landi.
G‘.HASANOV, O‘zA