Yangi Toshkent loyihasi dunyo sahnasida
Yangi Toshkent loyihasi bilan Fransiyaning Kan shahrida o‘tkaziladigan ko‘rgazmada ishtirok etiladi. "MIPIM-2025" xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy stendi tashkil etilib, unda Yangi Toshkent shahrining bosh rejasi taqdim etiladi. Yangi Toshkent Direksiya ushbu yirik loyihani "Cross Works" kompaniyasi bilan hamkorlikda dunyo investorlari va mutaxassislariga namoyish etadi.
"Cross Works" asoschisi va bosh direktori Hakan Agca Yangi Toshkent loyihasi bo‘yicha asosiy taqdimotni o‘tkazadi. Bu shaharsozlik, investitsiyalar va innovatsion yechimlarga qiziquvchilar uchun muhim imkoniyatdir.
MIPIM – dunyo darajasidagi yirik ko‘rgazma bo‘lib, shaharsozlik, infratuzilma va investitsiyalar sohasidagi eng ilg‘or loyihalarni bir joyga to‘playdi.
O‘zA