“Yangi sanksiyalarga qarshi rejamiz bor”
Tehron AQSH sanksiyalarining salbiy oqibatlariga qarshi rejaning amaliyotiga kirishdi.
Tehron AQSH sanksiyalarining salbiy oqibatlariga qarshi rejaning amaliyotiga kirishdi. Tasnim agentligi xabariga koʻra, bu haqda mamlakatning birinchi vitse-prezidenti Isʼhoq Jahongiriy maʼlum qilib, “albatta, sanksiyalar mamlakatga butunlay taʼsir qilmaydi, deyish yolgʻon boʻladi”, deb fikr bildirgan.
Agentlik, shuningdek, Jahongiriyning “Sanksiyalarga qarshi turishda hukumat va xalqning birligi har qachongidan zarur. Muhimi, yangi sanksiyalarga qarshi rejamiz bor”, degan soʻzlarini iqtibos qilgan.